MENING OILAM
Imkoniyatlar

Oilangiz uchun barcha imkoniyatlar

Joylashuv, xavfsiz hududlar, arxiv, chat, o‘yinlar, tadbirlar va AI yordamchi. Har bir ma’lumotga kirishni oila a’zoligi, rollar va tarif huquqlari belgilaydi.

Oila xaritasi

Oila a’zolarining mobil ilovadan yuborilgan joylashuvini xaritada ko‘ring. Ruxsat va ma’lumot mavjud bo‘lsa, batareya, tarmoq va ovoz rejimi ham ko‘rinadi.

Xavfsiz hududlar

Uy yoki maktab kabi hududlarni yarating — oila a’zosi kirganda yoki chiqqanda xabarnoma keladi. Hududlarni Bosh admin va Qo‘shimcha adminlar boshqaradi.

Harakatlar arxivi

Oila a’zosi qayerda bo‘lgani va qaysi yo‘ldan yurganini tarif doirasida ko‘ring: oxirgi 5 soatdan 7 kungacha.

Ilovalar statistikasi

Telefonda ilovalardan foydalanish vaqti — ruxsat berilgan bo‘lsa va tarif doirasida: bugundan 7 kungacha.

Oilaviy va shaxsiy chat

Butun oila bilan umumiy chatda yoki a’zolar bilan shaxsan muloqot qiling. Chat tarixi tarifga qarab saqlanadi.

6 ta oilaviy o‘yin

Krestik-nolik, shaxmat, shashka, domino, durak va gulchinor — qoidalar va yurishlarni server nazorat qiladi.

Oilaviy tadbirlar

Tug‘ilgan kun va uchrashuvlarni rejalashtiring; oila a’zolariga 1 yoki 2 kun oldin eslatma yuboring.

AI yordamchi

Ilovadan foydalanish bo‘yicha savollarga mavjud bilim bazasi asosida o‘zbek yoki rus tilida javob beradi.

Joylashuv, xavfsizlik, muloqot va rejalar — bitta hisob ostida. Veb-sayt kuzatuv qurilmasi emas: u faqat mobil ilovadan kelgan va sizga ruxsat etilgan ma’lumotni ko‘rsatadi.

Oilangizga yaqinroq bo‘ling

Hisob oching, oilangizni birlashtiring va mobil ilovani kuzatiladigan telefonda sozlang.

Ro‘yxatdan o‘tish